Birxoff: "O'ylashimcha, Klopp Premer-ligada ishlaydi"

Aslanov Jasurbek
16 apr 2015, 12:39
Germaniya terma jamoasi menejeri Oliver Birxoff Dortmundning "Borussiya" klubi bosh murabbiyi jamoani tark etishi haqida o'z fikrini bildirdi.

"Agar gap klubdagi ish haqida ketayotgan bo'lsa, Klopp chet el jamoasini boshqarishi mumkin. Yurgen "Borussiya"ni tark etayotganidan biroz afsusdaman. Bu bundesliga uchun yo'qotish. U Premer-ligada ishlasa kerak" - deydi Birxoff.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com