

Bahs bugun Toshkent vaqti bilan 22:30da boshlanadi.
"Xarts" usidan qozongan g'alabamiz e'tiborsiz qolmaydi va raqiblarimiz bu raundda bizga past baho bermaydi. "Birkirkara" Yevropa ligasida bunchalik uzoqqa borishini hech kim kutmagan edi. Biz nimaga erisha olishimizni isbotladik va erishilgan natija bilan to'xtab qolmoqchi emasmiz.
"Krasnodar" - o'z tarkibida yuqori darajali futbochilari bor bo'lgan kuchli jamoa. Ammo futbolchilarimga doimo uchrashuvlar qog'ozda emas, futbol maydonida yutilishini aytib kelaman. Biz "Krasnodar"ni hurmat qilamiz va keyingi haftada bo'ladigan javob uchrashuvidan oldin yaxshi natijaga erishishga harakat qilamiz" - deydi Besek.



