Bilasiz bizda birinchi liga ikki mintaqaga bo'lingan holatda o'tkazilinadi. Har bir mintaqada kuchli sakkiztalikka kirgan jamoalar esa yakunda birlashgan holda chempionlik uchun kurash olib boradilar. Har ikki mintaqada sakkiztalikka kira olmagan jamoalar esa quyi ligada qolish uchun kichik turnir o'tkazishlari lozim. Bulariga gap yo'q, hammasi risoladagidek amalga oshirildi. Kuchli sakkiztalikka kirgan ikki mintaqa jamoalari 16ta jamoadan iborat o'yinlarda ishtirok etishni boshladilar. Natijada "Mashal" va "Andijon" jamoalari oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritdilar. Sakkiztalikka kira olmagan klublar, "Lokomotiv-BFK", "Xotira-79", "G'allakor", "Zomin", "Bunyodkor-2", "Surxon", "Buxoro-2" Namanganda bo'lib o'tgan qolish bahsida ishtirok etdilar. Aslida birinchi bosqichda “Yangier” 8-o'rinni egallagan. Lekin moddiy imkoniyat pastligi uchun jamoa ishtirokini to'xtatishga majbur bo'lgan. Shuning uchun 9-o'rinni egallagan “Istiqlol” ikkinchi bosqchida ham qatnashgan. Shundan so'ng “Yangier”ni Namangandagi pulkada qatnashishi kutilgandi. Lekin jamoa unga xam bora olmadi Hozir chalg'ib ketasizlar, o'zim ham arang bunga tushunib etdim.
Xullas birinchi ligani jami 3ta jamoa tark etishi kerak. Albatta relgament bo'yicha. Siz tark etavering, keyingi yilga bari-bir e'lon chiqadi, to'g'ri bu oshkora e'lon emas. Sekin pichirlashgan xolda, "joy qilib bersak birinchi ligada o'ynaysizlarmi?". Maqsad nima badal pulidan daromad ko'rishmi? Yoki o'zi shundoq ham eplab safarga chiqa olmaydigan jamoalarni hatosini kutib jarimaga tortish? To'g'risi bu maqolani yozishdan maqsad tirnoq ostidan kir kavlash emas, ezilib ketti-ku odam? To'g'irlasak, to'g'rilaylik axir, qiyin ish emas-ku! Inson qilgan ishni inson qiladi.
Xullas mavzudan chetlashmaylik. Endi qarang, kuchli sakkiztalikka kirib musobaqani davom ettirgan va million-million harajat qilgan jamoa yakunda birinchi ligani tark etarkan-u, kuchli sakkiztalikka ham kira olmagan, shunchaki Namanganda bo'lib o'tgan birinchi ligada qolish musobaqasida 1 hafta ham ter to'kmay o'ynab qaytgan jamoa 1-ligada qolar ekan. Tushunmadingiz-a? Men ham boshida anglamay qoldim ochig'i. Yani kuchlilar safiga kira olmagan 6ta jamoaning 2tasi Namangandagi o'yinlardan kelib chiqib 1-ligada qoladigan bo'ldilar. Bu baxtga "Lokomotiv-BFK" va "Xotira-79" sazovor bo'ldi. Bu hali hammasi emas. 10 kun davom etgan qolish turnirida "Surxon" so'nggi o'yinni o'tkazmasdan ortga qaytib ketgan. 2 kun ortiqcha vaqt kimga kerak, masala hal bo'lgan bo'lsa, karvonsaroy. Eng qizig'iga mana endi kelamiz. Kuchli 16talikka kira olmagan va favoritlardan ancha kuchsiz bo'lgan "G'allakor" va "Zomin"ga birinchi ligada qolish uchun qo'shimcha imkoniyat yaratildi. Reglamentga ko'ra, kuchli 16talikda so'nggi pog'onalarni qo'lga kiritgan "Orol" va "Paxtakor-2" bu jamoalarga qarshi Toshkentda kichik turnirchada ishtirok etishdi. Bitta musobaqa "H2O"ga o'hshab parcha-parcha bo'lib ketdi. Avvaliga sharq va g'arb. Keyin kuchli 16lik. Keyin qolish turniri, yana keyin, yana qolish turniri. Kishi adashib ketishi hech gap emas, jamoalar avtobusga chiqayotganida futbolchilar qaysi o'yinga ketayotganligini esdan chiqarib qo'yishga ulguradi. Axir bu shahmat emas futbol.
Xullas bu yerda kuchlilar qatoriga kira olmagan jamoalar yakunda, arang pul topib kuchlilar orasida bir mavsumga teng o'yin o'tkazgan jamolarni oxirida mag'lub etib qo'yar ekan-da, birinchi ligada qolar ekan. Bu hech qanday jahon futboli reglamenti va adolatga to'g'ri kelmaydigan ish. To'g'ri bu jamoalar keyingi yil ishtirok etishni istasalar musobaqa eshiklari ular uchun ochiq. Lekin gap bu yerda emas, gap musobaqani o'tkazish tizimini juda ham hangomaga boyligidan. Aslida birinchi liga bizga nima beryapti, yuqorida aytdim PFLga badal puli, lekin futbol rivojiga nima beryapti? Bilmadim nega-yu, shu maqolani yoza turib intermediyada oldingi qudamizning ahvoliga tushib qolgan Ergash Karimov qo'lini bigiz qilib, "Xm, paxxxxx" qilib qudalarini otgan epizodi yodimga keldi. Bu yil 1-ligaga "Sho'rtan" tushib ketdi. O'tgan yili "Mashal" va "Andijon". Keyingi yil "Sho'rtan" 100% chiqadi, "Andijon" va "Mashal" allaqachon oliy ligaga chiqib bo'ldilar. Hech qanday o'zgarish yo'q. Xulass, bu maqolani yozish uchun ancha miyyam achidi, kamiga o'quvchilarniki ham achiydi. Hammadan ham "Orol"ga achindim. O'zi arang so'nggi bosqichda amal taqal qilib avtobus kerosiniga pul topib musobaqani yakunlagan jamoa, bu yerda ikkinchi bosqichga o'ta olmagan jamoaga qarshi o'ynashi kerak ekan. Tag'in soat 14:30gacha kutishibdi, "Orol" nima raketada yetib keladimi? Yodingizda bo'lsa "Kosonosoy" bilan bo'lib o'tgan o'yinga yetib borishini kundalik sifatida yozib borgan edik. Nukusdan 14:00dagi o'yinga yetib kelish uchun kamida bir kun avval yo'lga chiqish kerak. Telefon qilib biling! "Nematullo avtobusingiz yo'lga chiqqanmi yoki yo'q?", ha aytganday bu yerda reglament bor-ku, unda 30 daqiqa kutish lozim.
Menga qolsa tozalash va professionalikni birinchi ligadan boshlar edim. Yaponiya va Xitoyda birinchi ligadan chiqqan jamoa chempionlik uchun kurasha oladi. Chunki 1-liga ularni shunga tayyorlaydi, bizda esa birinchi liga jamoalari oliy liga navbatlari kelganligi uchun birrovga aylanib keladilar. 12ta jamoa bo'lsin birinchi ligada, lekin rosmana o'yinlani ko'raylik. Muxlis va jurnalist nimalarni istashmaydi deysiz, ha mayli...
Nodirxo'ja Yuldashev