Bundan bir necha soat oldin Toshkentning "Istiqlol" jamoasida darvozabonlar borasida muammo yuzaga kelgani haqida aytib o'tgandik. Toshkentliklarning har ikkala posboni ham diskvalifikaciya tufayli bugungi o'yinda jamoasiga yordam bera olmaydi. Shu bois bugun "Spartak"ka qarshi bahsga murabbiylar hujumchi Jamoliddin Normirzaevni puxta tayyorlashga harakat qilgan. Shu bois Normirzaev uchrashuvni darvozabon sifatida boshladi.
Kosonning "Alanga" jamoasida ham darvozabonlar bo'yicha muammo yuzaga kelgan. Boisi bu jamoa "Qo'qon"ga atiga bitta darvozabon bilan tashrif buyurgan. Xabaringiz bo'lsa kerak, ushbu jamoaning umidli posboni G'anisher Xolmurodov harbiy xizmatga ketishini aytgandi. Voqealar rivoji darvozabon aytganidek bo'lib chiqqan va Xolmurodov ayni damda jamoada emas. "Alanga"ning boshqa bir posboni Sherzod Abduraimovning U-19 yoshlar terma jamoamiz bilan safarga ketgani bois, hozir murabbiylar ixtiyorida birgina golkiper Javohir Ilyosov qolgan. Shu bois jamoa tavakkal yo'l tutib, birgina darvozabon bilan Qo'qon tomon safarga chiqqan. "Qo'qon-1912" - "Alanga" bahsidagi futbolchilar ro'yxatiga e'tibor qaratar ekanmiz. Kosonliklar zaxirasida darvozabon yo'qligini ko'rish mumkin. Agarda bugungi bahsda, asosiy posbon Ilyosov jaroxat olgudek bo'lib qolsa, u xolda "Alanga" ham huddi "Istiqlol" kabi boshqa chiziq futbolchilarini darvozaga qo'yishga majbur bo'ladi.
Ko'rib turganingizdek, darvozabonlar muammosi faqatgina milliy terma jamoada emas, birinchi liga klublarida ham bor. Muammoni avvalo quyidan bartaraf etmoq lozim.