

Farg'onaning "Istiqlol" jamoasi bosh murabbiyi Nail Gubanov klub raxbariyati tomonidan iste'foga chiqarildi. Bunga sabab qilib jamoaning natijalari ko'rsatilgan. "Istiqlol" bu yil birinchi liga yo'llanmasini qo'lga kiritgan edi. Klub raxbariyati birinchi yilni o'zidayoq oliy ligaga yo'llanma olishni maqsad qilgan ko'rinadi. Gubanov iste'foga chiqarilganidan so'ng uning o'rniga Usmon Asqaraliev bosh murabbiy etib tayinlandi. Ta'kidlab o'tamiz, Usmon Asqaraliev bundan avval Namanganning "Navbahor" klubida va birinchi liga vakili "Xotira-79" jamoasida ishlagan. Eslatib o'tamiz, "Istiqlol" klubi 10 uchrashuvda 5 g'alaba 2 durang va 3 mag'lubiyat bilan 17 ochko jamg'argan holda musobaqa jadvalida 5 pog'onada bormoqda.



