Birinchi liga. Termizdagi o'yinda bir daqiqa ichida 8 nafar futbolchi chetlatildi!

Narzulla Saydullayev
4 iyun 2017, 23:27
Bugun birinchi ligada 13-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Termizda "Surxon" va "Andijon" o'rtasidagi bahs bo'lib o'tdi. Unda 2:2 hisobi qayd etildi. Bahsning 90+4-daqiqasida bosh hakam Igor Xudoydotov ikkala jamoaning 4 nafardan futbolchisiga qizil kartochka ko'rsatdi.



Surxon (Termiz) – Andijon (Andijon) - 2:2. 1069 tomoshabin.

Hakamlar:
I. Xudoydotov (Toshkent) – 8,0, R. Nugmanov (Toshkent) – 8,4, S. Eremeev (Toshkent) – 8,4, F. Rajabov - 6.

Nazoratchi: SH. Jumaev (Qarshi).

Gollar: S. Shomurodov (15), N. Norov (75, penalti) – A. Berdiev (28), A. Abduvohidov (90).

Ogohlantirishlar: N. Normurodov (2), SH. Abduraimov (66) – A. Xo'jaev (31), I. Otaxonov (53), D. MaQsudov (75), A. Abduvohidov (90).

Chetlatishlar: T. Mamadaliev (90 + 4), N. Normurodov (90 + 4), S. Shomurodov (90 + 4), A. Abduraxmonov (90 + 4) – I. Otaxonov (90 + 4), A. Xo'jaev (90 + 4), S. Asqaraliev (90 + 4), F. Bekmurotov (90 + 4).

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia