Birinchi liga. "Sherdor" - "Istiqlol" 0:0

Narzulla Saydullayev
16 sen 2013, 18:36
Bugun O'zbekiston birinchi ligasi doirasidagi ikkinchi bosqich 8-tur uchrashuvlarining so'nggi ikkitasi bo'lib o'tdi. Samarqandda "Sherdor" Toshkent shahrining "Istiqlol" jamoasini qabul qildi.
Uchrashuvning birinchi bo'limi deyarli teng kurashlar ostida o'tib dastlabki daqiqalardan jamoalar hujumkor o'yin ko'rsatishdi. 30-daqiqada Ozod Tursunovda boshi bilan hisobni ochish uchun yaxshi imkoniyat bo'lgan edi lekin bu vaziyatda to'p ozgina noaniq ketdi. O'z navbatida mehmonlar ham bu hujumga tezkor javob berdi. Tezkor qarshi  hujumga kirib borgan  vaziyatda Jamoliddin Normirzaev to'pga yetishda xatolikka yo'l qo'ydi. Birinchi bo'limda darvozalar ishg'ol etilmadi.
 
Ikkinchi bo'lim mehmonlar hujumi ostida boshlandi. Qanot bo'ylab uyushtirgan ketma-ket hujumlari yakuniy ko'rinish olmadi. 75-daqiqada Sanatillo Ziyoevga aniqlik yetishmadi. Jarima maydoni ichiga yorib kirgan Turg'un Qobilovning kuchli zarbasi darvoza to'sini ustidan o'tib ketdi. Uchrashuv so'nggida yana bir bor Sanatillo Ziyoevda hisobni ochish uchun juda qulay imkoniyat yuzaga kelgandi u bu vaziyatdan foydalana olmadi. Uchrashuv nursiz during bilan nihoyalandi.

"Sherdor" - "Istiqlol"  0:0 (0:0)
Ogohlantirishlar:
Ozod Tursunov (20) , Ubaydullo Nabiev (50), Baxtiyor Ochilov (73)  Hasan  Ergashov (20) , G'ulom Haydar G'ulomov (48), Mamur Sultonov (80)
Chetlashtirish: Turg'un Qobilov (80)
"Sherdor": Shuhrat Murodov, Baxtiyor Ochilov, Mirjalol Laqaev, Ubaydullo Nabiev, Sanatillo Ziyoev, Amirjon Aminjonov, Ozod Tursunov, Nurbek Safarov, Turg'un Qobilov, Saddam Boymamatov, Islom Saparov
Zaxira: Shoxrux Salohiddinov, Iskandar Xolmirzaev, Elyor Elmurodov, Suyun Safaraliev, Umid Xotamov, Feruzbek Mahmudjonov, Muhammad Murodov
"Istiqlol": Anvar Nazarov, Rasul Rahmonberdiev, Shahzod Karimov, Obidjon Hoshimov, G'ulom Haydar G'ulomov, Mamur Sultonov, Jamoliddin Normirzaev, Nodirjon Sadullaev, Nurpeys To'raqulov, Xasan Ergashev, Bahodir Daminov
Zaxira: Otabek Xoldorov, Temur Sadirov, Azamat Roziqov, Jamoliddin Qo'chqorov, Jasurbek Mirzaboev, Isroil Tursunov, Shohid Tillaboev

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia