

FIFA instruktori Farhod Abdullaev va FIFA referisi Vladislav Seytlin boshchilik qilayotgan mazkur seminarda 50 nafarga yaqin hakam ishtirok etmoqda. Seminarning ilk kunida ishtirokchilar ham amaliy ham nazariy imtihon topshirishdi. Amaliy imtihonlar “Yoshlik” stadionida bo'lib o'tdi. Unda hakamlar jismoniy yuklamalar bo'yicha imtihondan o'tishdi. Kuning ikkinchi qismida esa, video lavhalar asosida har bir ishtirokchi 20tadan test topshirdi. Aytish kerak, barcha ishtirokchilar imtihonni ijobiy baholarga topshirdi.
Seminar ertaga ham davom ettiriladi. Rejaga ko'ra, ishtirokchilar kunning birinchi yarmida nazariy bilimlarini boyitib olishsa, tushdan so'ng, maydonda amaliy mashg'ulotlar o'tkazishadi. Seminarning nazariy qismi O'FF majlislar zalida va amaliy qismi esa, sun'iy qoplamali maydonida bo'lib o'tadi.



