Birinchi liga. “G'arb” mintaqasi, 21-tur statistikasi

Narzulla Saydullayev
9 iyul 2013, 12:25
Birinchi liganing “G'arb” mintaqasidagi 21-tur o'yinlari ikki kunda bo'lib o'tdi.
Mamlakat Kubogidagi ishtiroki tufayli “Mashal” “Buxoro-2” bilan 5 iyul kuni uchrashdi. Aslida mazkur o'yinning qaysi sanada o'tishi har ikkala jamoa uchun ham u qadar katta ahamiyat kasb etmasdi. Boisi buxoroliklar allaqachon ikkinchi bosqich  yo'llanmasini qo'ldan chiqargan. Muborakliklar esa ikkinchi tarkibi bilan ham bugungi kunda “Buxoro-2”ni mag'lubiyatga uchratadigan darajada kuchli deyish mumkin.

KUTILGAN NATIJALAR

21-turda bo'lib o'tgan oltita o'yinda aytarli sensacion natijalar kuzatilmadi. Oldindan tahmin qilinganidek, kutilgan natijalar qayd etildi. Ushbu turda “Mashal”dan tashqari “Xorazm” ham safardan g'alaba bilan qaytdi.
“Zarafshon-PFK”ni ortidan taxqib etib kelayotgan “Spartak” esa ushbu turda navoiyliklarni mag'lubiyatga uchrata olmadi, 0:0.
Liganing “shtatniy” ishtirokchisi bo'lmish “G'allakor-Avtomobilchi”ning esa bu yilgi ishtirokini maqtab bo'lmaydi. Sababi asosan yoshlardan tashkil topgan klub ikkinchi bosqich yo'llanmasidan allaqachon mahrum bo'ldi. Xolbuki g'allaorolliklarning ilgari chempionat favoritlari qatorida ko'rardik. Shuningdek “Zomin” ham nazariy jihatdan ikkinchi bosqich yo'llanmasidan quruq qoldi.

21-tur. 5 iyul

“Buxoro-2” – “Mashal” 0:4.
 6 iyul (shanba)
“Surxon” – “Xorazm” 1:2.
“Alanga” – “Orol” 1:0.
“Zomin” – “Registon” 4:2.
“Sherdor” – “G'allakor-Avtomobilchi” 3:0.
“Spartak” – “Zarafshon-PFK” 0:0.

17TA GOL. 3TA DUBL. 1TA XET-TRIK

Mazkur turning oltita o'yinida jami 17ta gol qayd etildi. Bu har o'yinga o'rtacha 2,8tadan to'g'ri keladi.

Birinchi bo'limda 9ta gol kuzatildi. Ikkinchi bo'limdagi gollar miqdori esa 8tani tashkil etdi. Qayd etilgan 17ta goldan 9tasi mezbon jamoalar hisobiga yozildi. Mehmon jamoa futbolchilari esa 8ta gol urishga erishdi.

Eng ko'p gol urgan jamoalar, “Mashal” va “Zomin” bo'ldi, 4tadan!
Turning eng tezkor goli, 9-daqiqaga to'g'ri keldi. “Zomin”ning to'purar hujumchisi Doston Toshmatov uchrashuvning 9-daqiqasidayoq “Registon” darvozasini ishg'ol etish erishdi. Turning eng so'nggi goli ham ushbu bahsda qayd etildi. 90+4-daqiqada Registon” yarim himoyachisi Akbar Siddiqov mezbonlarning o'z darvozasidan to'p olib chiqishga majbur qildi. Ammo bu durang uchun ham foyda keltirmadi.

Shanba kungi o'yinlarda 3ta futbolchi ikkitadan gol urishga erishdi. Ularning ikkitasi birinchi bo'limdayoq dublni rasmiylashtirgan bo'lsa, yana bitta dubl ikkinchi taymda yuz berdi. “Zomin”ning 19 yoshli to'purari Doston Toshmatov “Registon” darvozabonini ikki bor ranjitdi. Aytish kerakki, uning hisobidagi gollar soni 10taga etdi!

Termizdan g'alaba bilan qaytgan “Xorazm”ning ushbu g'alabasiga jamoa yarim himoyachisi Jaloliddin Ikromov katta hissa qo'shdi. Sababi Ikromov o'yinning birinchi bo'limidayoq raqib darvozasiga ikki bor yo'l topa oldi.

Yana bir dubl muallifi esa “Zomin”ning boshqa bir hujumchisi Dilshod Umarxonov nomiga yozildi. Birinchi liganing taniqli futbolchisi bu yil negadir sermahsullik namoyish eta olmayapti.

Ortda qolgan turda yagona xet-trik muallifi Sanatillo Ziyoev bo'ldi. “Sherdor”ning iqtidorli hujumchisi “G'allakor-Avtomobilchi” darvozasiga kiritilgan uchchala golga ham mualliflik qilgani, e'tiborga molik!

“SHERDOR” INTIZOMLI JAMOA YOXUD 24TA SARIQ KARTOCHKA!

Ushbu turdagi qayd etilgan sariq kartochkalarga to'xtaladigan bo'lsak. Jami oltita o'yinda 24ta sariq kartochka qayd etildi. Har bir o'yinga o'rtacha 4tadan sariq!
“Sherdor” 21-turning eng intizmoli jamoasi bo'ldi. Boisi Samarqand jamoasi futbolchilari shanba oqshomida kechgan o'yinda bosh hakam tomonidan birorta ham kartochka olmadi! “Zomin” – “Registon” bahsi turning eng qo'pol o'yini bo'ldi deyish mumkin. Boisi mazkur bahsda bosh hakam har ikkala jamoaning 3tadan futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatgan!

Ahamiyatlisi ortda qolgan turda birorta ham qizil kartochka qayd etilmadi!

“G'ARB”DA HAM MUXLISLAR TASHRIFI BORASIDA PASAYISH!


Huddi “Sharq” mintaqasidagi kabi “G'arb”da ham tomoshabinlar mehri borasida pasayish kuzatildi. Chunki oltita o'yinga 4096ta tomshabin kirgan! Bu esa har bir bahsga o'rtacha 682,66tadan muxlis demakdir! Albatta bu ancha past ko'rsatkichdir. Avvalgi maqolalarimizda keskin fikrlarni bildirib o'tgandik. Yani stadionga tashrif buyurayotgan tomoshabin soni biroz orttirib yozilayotgani xususida aytib o'tgandik. Aftidan PFL bu borada uchrashuv nazoratchilariga kerakli gaplarni aytgan ko'rinadi. Chunki nazarimizda, ushbu turda tomoshabinlar sonini yozishda birozga haqiqatga yaqinroq tarzda yozishgandek tuyulmoqda. Siz ham e'tibor bering-a...

Muxlislar tashrifi kimda qanday?

“Buxoro-2” – “Mashal”. Vobkent. 67 tomoshabin.
 “Surxon” – “Xorazm”. Termiz. 525 tomoshabin.
“Alanga” – “Orol”. Koson. 371 tomoshabin.
“Zomin” – “Registon”. Zomin. 2685 tomoshabin.
“Sherdor” – “G'allakor-Avtomobilchi”. 132 tomoshabin.
“Spartak” – “Zarafshon-PFK”. Buxoro. 316 tomoshabin.


1

MASH'AL (Muborak)

21

19

2

0

56-4

59

2

ZARAFSHON-PFK (Navoiy)

21

12

4

5

28-15

40

3

SPARTAK (Buxoro)

21

11

4

6

35-20

37

4

SHERDOR (Samarqand)

21

10

2

9

35-34

32

5

REGISTON (Samarqand)

21

9

4

8

28-34

31

6

OROL (Nukus)

21

9

2

10

32-27

29

7

XORAZM (Urganch)

21

9

2

10

29-27

29

8

ALANGA (Koson)

21

9

2

10

31-36

29

9

SURXON (Termiz)

21

7

7

7

20-24

28

10

ZOMIN (Zomin)

21

8

2

11

36-37

26

11

G'ALLAKOR-A (G'allaorol)

21

4

5

12

17-36

17

12

BUXORO-2 (Buxoro)

21

0

2

19

12-66

2

 
22-TURDA UCHRASHADILAR


Bugun bo'lib o'tadigan birinchi bosqichning so'nggi turida bir nechta o'yinlar keskin va shiddatli kechishi kutilmoqda. Sababi “G'arb”da 8-o'rin uchun kurash jiddiy kechmoqda. Aniqrog'i,  “Surxon” – “Orol” va “Alanga” – “Xorazm” bahsida qayd etiladigan natijalar ko'p narsaga oydinlik qiritadi. Ikkinchi bosqichga chiqish uchun kurash ham asosan ushbu jamoalar o'rtasida kechmoqda.

9 iyul (seshanba)

“Alanga” – “Xorazm”
“Surxon” – “Orol”
“Sherdor” – “Registon”
“Zomin” – “G'allakor-Avtomobilchi”
“Buxoro-2” – “Zarafshon-PFK”
“Spartak” – “Mashal”

Islombek Rustambekov tayyorladi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia