

Jamoa a'zolari 9 mart kuni tushlikdan so'ng yana o'z qarorgoxiga yig'iladi. Navbatdagi yig'inda "Cementchi" yana bir qator jamoalar bilan nazorat uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirgan. Sparing raqiblar katta ehtimol bilan birinchi liga vakili “Xotira-79”, “Norin” va “Uzdongju” jamoalari bo'lishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, "Cementchi" o'zining ilk rasmiy uchrashuvida O'zbekiston kubogi 1/16 final bahsi doirasida 25 mart Shanba kuni Quvasoyda, “Cementchi” markaziy stadionida Oliy liga vakili Toshkentning “Olmaliq” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
“Cementchi” matbuoti
Zuxriddin Abdullajonov



