Birinchi davra statistikasi. Eng kam sariq kartochka olgan "Metallurg" haqida

Narzulla Saydullayev
19 iyul 2013, 19:30
Oliy liga klublarining dastlabki davra statistikasi bilan tanishtirishda davom etamiz. Navbat Bekobodning “Metallurg” klubi statistikasiga yetib keldi.
“Metallurg” dastlabki davrada 7ta g'alaba, 1ta durang va 5ta mag'lubiyat natijasini qayd etdi. Jamoa 13ta o'yinda jami 17ta to'p kiritdi va 16 marta to'p o'tkazib yubordi. “Metallurg” birinchi davrani 22ochko bilan 5-o'rinda yakunladi.

Bekobodliklar safarda atiga 3 ochko ishlab olishdi holos. “Metallurg” birinchi davra davomida faqat 1ta o'yinda irodali g'alabaga erishdi va 1 marta yirik hisobda yutqazib qo'ydi. Jamoa 2ta o'yinda raqib darvozasiga yo'l topa olmagan va 4ta uchrashuvda raqiblar “Metallurg” darvozasiga gol ura olishmagan. Hakamlar futbolchilarga jami 15ta sariq ko'rsatishdi. Bekobod klubi futbolchilari birinchi davrada eng kam sariq kartochka olgan jamoaga aylanishdi. Rustam Mirsodiqov birinchi davrada o'zining 21 nafar shogirdini maydonga tushirdi, ular orasida legioner yo'q.

Davron Karimqulov, Dilmurod Karimov va Doniyor Odilov barcha 13ta o'yinda maydonga tushishdi. Jamoa safida Dilmurod Karimov 7ta gol urib klub to'purari bo'ldi. “Metallurg” safida Sunnatilla Mamadaliev eng ko'p to'rtta sariq kartochka oldi. Jamoa tarkibida faqat Mirg'iyoz Sulaymonov qizil kartochka oldi.

Ertaga “Guliston” va “Olmaliq” klublarining statistikasi beriladi.


Futbolchi

Amplua

O'yin

Daq

Gol

SK

QK

Karimqulov Davron

Him

13

1153

0

0

0

Karimov Dilmurod

Yahm

13

999

7

2

0

Odilov Doniyor

Him

13

980

0

0

0

Kovalev Aleksandr

Him

12

1045

1

1

0

Rasulov Sardor

Huj

12

935

0

1

0

Mamadaliev Sunnatulla

Yahm

12

787

1

4

0

Hoshimov Hikmat

Him

11

901

0

1

0

Sulaymonov Mirg'iyoz

Yahm

11

847

0

2

1

Akbarov Saidkomil

Him

10

697

0

0

0

Vagapov Ruslan

Yahm

10

665

1

0

0

Nurmatov Shaxzodbek

Huj

9

592

4

0

0

Yo'ldoshev Shuxrat

Huj

9

579

2

2

0

Tojimov Umid

Him

9

412

0

0

0

Sultonov Suxrob

Dar

8

720

0

0

0

Isaboev Odil

Him

7

542

0

0

0

Akbarov Mirto'ra

Huj

7

303

1

0

0

Ikromov Mamur

Dar

5

450

0

0

0

Norbekov Shoxazar

Huj

5

156

0

2

0

Boboev Jasur

Huj

2

66

0

0

0

Esonov Nozimjon

Him

1

17

0

0

0


 
O'yinlar13
Gollar17
O'z uyidagi gollar12 (70,59%)
Mehmondagi gollar5 (29,41%)
O'tkazib yuborilgan gollar16
O'z uyida o'tkazilgan gollar4 (25%)
Mehmonda o'tkazilgan gollar12 (75%)
O'rtacha urilgan gol1,31
O'rtacha o'tkazilgan gol1,23
Uyda jamg'arilgan ochkolar19/21 (90,48 %)
Safarda jamg'arilgan ochkolar3/18 (16,67 %)
Eng yirik g'alaba3:1 - Qizilqum
Eng yirik mag'lubiyat0:3 - Bunyodkor
Gol o'tkazilmagan o'yinlar soni4 (30,77%)
Gol urilmagan o'yinlar soni2 (15,38%)
Irodali g'alabalar1
Irodali duranglar0
Yirik g'alabalar0
Yirik mag'lubiyatlar1
Avtogollar (urilgan/o'tkazilgan)0/0
Ogohlantirishlar (o'rtacha)15 (1,15)
Chetlatish (o'rtacha)1 (0,08)
Maydonga tushganlar (chet ellik)21 (0)
Tomoshabinlar soni (jami/o'rtacha)53110 / 4085
 

Saydullaev Narzulla

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia