“Buxoro” dastlabki davrada 6ta g'alaba, 1ta durang va 6ta mag'lubiyat natijasini qayd etdi. Jamoa 13ta o'yinda jami 16ta to'p kiritdi va 21 marta to'p o'tkazib yubordi. “Buxoro” birinchi davrani 19 ochko bilan 7-o'rinda yakunladi.
Buxoroliklar o'z maydonlarida bo'lib o'tgan o'yinlarda jami 16 ochko olishgan, safarda esa 3 ochko qo'lga kiritilgan. “Buxoro” birinchi davra davomida 1tadan o'yinda irodali va yirik g'alabaga erishdi va 2 marta yirik hisobda yutqazib qo'ydi. Jamoa 3ta o'yinda raqib darvozasiga yo'l topa olmagan va 4ta uchrashuvda raqiblar “Buxoro” darvozasiga gol ura olishmagan. Futbolchilariga 23 marta sariq kartochka ko'rsatildi. Tarkibda birinchi davrada 20 nafar futbolchi maydonga tushdi, ularning 3 nafari legioner.
Jamoa safida 6ta futbolchi barcha 13ta o'yinda ishtirok etishdi. Bular – Devid Oniya, Naoya Shibamura, Alisher Mahmudov, Baxriddin Vahobov, Otabek Narzullaev, Vohid Shodiev. 5tadan gol urgan Alishekr Mahmudov hamda Vohid Shodiev klub to'purari bo'lishdi. “Buxoro” safida eng ko'p sariq kartochkani Aleksey Nikolaev va Otabek Valijonov olishdi – 4tadan. Sardor Qobuljonov va Asqar Muhiddinov esa birinchi davrada bir martadan qizil kartochkaga loyiq ko'rilishdi. Takidlash lozimki, birinchi davrada “Buxoro” posboni Sardor Qobuljonov maydondan chetlatilgan yagona darvozabon bo'ldi.
Narzulla Saydullaev

Futbolchi | Amplua | O'yin | Daq | Gol | SK | QK |
Oniya Devid | Him | 13 | 1145 | 0 | 2 | 0 |
Shibamura Naoya | Him | 13 | 1125 | 0 | 1 | 0 |
Mahmudov Alisher | Yahm | 13 | 1065 | 5 | 2 | 0 |
Vahobov Baxriddin | Huj | 13 | 1040 | 3 | 1 | 0 |
Narzullaev Otabek | Yahm | 13 | 1002 | 1 | 2 | 0 |
Shodiev Vohid | Huj | 13 | 840 | 5 | 0 | 0 |
Muhiddinov Asqar | Him | 12 | 1080 | 0 | 1 | 1 |
Kvesieshvili Georgiy | Him | 12 | 1003 | 0 | 2 | 0 |
Valijonov Otabek | Yahm | 12 | 820 | 0 | 4 | 0 |
Nikolaev Aleksey | Him | 11 | 885 | 1 | 4 | 0 |
Sanaev Alisher | Yahm | 11 | 789 | 0 | 0 | 0 |
Qobuljonov Sardor | Dar | 9 | 759 | 0 | 0 | 1 |
Azizov Alisher | Huj | 8 | 200 | 0 | 1 | 0 |
Sulaymanov Shaxzod | Yahm | 6 | 317 | 1 | 1 | 0 |
Nosirov Botir | Dar | 5 | 402 | 0 | 1 | 0 |
Kochnev Evgeniy | Him | 5 | 192 | 0 | 1 | 0 |
Hasanov Jamshid | Yahm | 4 | 122 | 0 | 0 | 0 |
Umurov Nozim | Huj | 2 | 3 | 0 | 0 | 0 |
Jo'raev Nodir | Him | 1 | 61 | 0 | 0 | 0 |
Murotov Azizbek | Yahm | 1 | 11 | 0 | 0 | 0 |
| O'yinlar | 13 |
| Gollar | 16 |
| O'z uyidagi gollar | 12 (75%) |
| Mehmondagi gollar | 4 (25%) |
| O'tkazib yuborilgan gollar | 21 |
| O'z uyida o'tkazilgan gollar | 5 (23,81%) |
| Mehmonda o'tkazilgan gollar | 16 (76,19%) |
| O'rtacha urilgan gol | 1,23 |
| O'rtacha o'tkazilgan gol | 1,62 |
| Uyda jamg'arilgan ochkolar | 16/18 (88,89 %) |
| Safarda jamg'arilgan ochkolar | 3/21 (14,29 %) |
| Eng yirik g'alaba | 4:1 - So'g'diyona |
| Eng yirik mag'lubiyat | 1:5 - Lokomotiv |
| Gol o'tkazilmagan o'yinlar soni | 4 (30,77%) |
| Gol urilmagan o'yinlar soni | 3 (23,08%) |
| Irodali g'alabalar | 1 |
| Irodali duranglar | 0 |
| Yirik g'alabalar | 1 |
| Yirik mag'lubiyatlar | 2 |
| Avtogollar (urilgan/o'tkazilgan) | 0/0 |
| Ogohlantirishlar (o'rtacha) | 23 (1,77) |
| Chetlatish (o'rtacha) | 2 (0,15) |
| Maydonga tushganlar (chet ellik) | 20 (3) |
| Tomoshabinlar soni (jami/o'rtacha) | 65547 / 5042 |
Narzulla Saydullaev