Bir yil oldin shu kuni (FOTO+VIDEO)

Aslanov Jasurbek
23 apr 2018, 12:58
Bir yil oldin - 2017 yil 23 aprelda nima sodir bo'lgani esingizdami?

O'tgan yili bu sanada LaLiganing 33-tur doirasida "Real" hamda "Barselona" o'rtasidagi uchrashuv o'tkazilgan. Bu "El-Klassiko" ikki jamoa uchun ham muhim edi, chunki turnir jadvalidagi holat quyidagicha bo'lgan:


O'yin 2:3 hisobida mehmonlar - "Barselona" g'alabasi bilan yakunlandi. Kataloniya klubi forvardi Lionel Messi bu bahsda "Barselona" safidagi 500-golini urgan edi. Argentinalik 90+1 daqiqada uchrashuv taqdirini hal qilgan.



Bu g'alabadan so'ng ko'k-anorranglilar turnir jadvalida birinchi o'ringa chiqib oladi, biroq "qaymoqranglilar"ning zaxirasidagi bitta o'yin ularga chempionlikni taqdim etadi.

Ushbu uchrashuvda urilgan Messining golini tomosha qiling:

TAS-IX

Ko'chirib olish (skachat)

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif