Bilich: "Bizda kuchli to'rtlik uchun kurashda hech qanday bosim yo'q"

Aziz Tukhtamuradov
19 mar 2016, 19:10
Vest Xem bosh murabbiyi Slaven Bilich Chelsiga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bu o'yin ham boshqalaridan farq qilmaydi. O'yin odatdagidek uch ochko uchun bo'ladi. Albatta, o'rtamiyona jamoa bo'lib yurgandan ko'ra kuchli to'rtlikka kirish yaxshi.

Lekin, biz turnir jadvalini ko'p ham kuzatayotganimiz yo'q. Agar APLda qolish uchun kurashayotganimizda bunga e'tibor qaratardik", - deydi xorvatiyalik murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Goal.com