Bild: 2012 yil Robben Bavariyani tark etishga yaqin bo'lgandi

Narzulla Saydullayev
21 dek 2014, 12:00
Bavariya yarim himoyachisi Aren Robben 2012 yil yozida klubni tark etishga yaqin bo'lgan ekan, deb xabar bermoqda Bild nashri.
Germaniya nashrining xabariga ko'ra, Gollandiya terma jamoasi a'zosiga Alyanc-Arenada bo'lib o'tgan Bavariya va Gollandiya terma jamoasi o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi vaqti muxlislar unga qarata hushtakbozlik qilgani yoqmagan.

Futbolchi Myunxen klubi bosh direktori Karl-Xaync Rummeniggening gaplari tufayligina Bavariyada qolishga qaror qilgan.

Shunday holatdan keyin Robben ikki marta Germaniya chempioni bo'ldi, Germaniya kubogini qo'lga kiritdi hamda Chempionlar ligasida g'olib bo'ldi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru