Bilasizmi, van Deyk Messidan ko'ra ko'proq birinchi o'ringa loyiq ko'rilgan ekan

Mirjalol Normatov
3 dek 2019, 19:16
"Oltin to'p" 2019 sovrini natijalari borasidagi ma'lumotlar birin-ketin ma'lum qilinmoqda.

"Voetbal International" xabariga ko'ra, yakuniy natijalarga ko'ra ikkinchi o'rinni egallagan "Liverpul" himoyachisi Virjil van Deyk 69 bora jurnalistlar ro'yxatida birinchi o'rinda qayd etilgan ekan. "Barselona" hujumchisi Leo Messi esa 61 bora yuqori pog'onada ko'rsatilgan.

Yakuniy ro'yxatda esa Leo Messi asosiy raqibini 7 ochkoga ortda qoldirdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Voetbal International