Bilasizmi? Tolipov bilan Solomin “Oq-Tepa”da

Narzulla Saydullayev
26 okt 2018
Mamlakatimizdagi taniqli hujumchilardan biri Pavel Solomin bilan iqtidorli futbolchi Temur Tolipov ayni damda Toshkentning “Oq-Tepa” jamoasida faoliyat yuritayotganini ko'pchilik yaxshi bilmasa kerak.

O'z vaqtida milliy chempionatimizda “Traktor”, “Paxtakor”, “Lokomotiv” hamda “Obod” singari jamoalarda o'ynab, to'purarlik mahoratini namoyon eta olgan Pavel Solomin hamon butsalarini mixga ilishga shoshilayotgani yo'q. 36 yoshli futbolchi ayni damda ikkinchi ligada “Oq-Tepa” sharafini himoya qilmoqda.
 
Undan tashqari Temur Tolipov ham ushbu jamoa uchun o'ynab kelmoqda. Ishqibozlar yaxshi bilishsa kerak, “Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchisi Tolipov bungacha “Navbahor” va “Obod” singari jamoalarda o'ynashga ham ulgurdi. Joriy mavsum esa 23 yoshli hujumchi PRO-Liga qatnashchisi “Iftixor”da qo'nim topgandi. Biroq Temurning Oltiariq jamoasidagi faoliyati ham uzoq davom etmadi va  qisqa fursat ichida futbolchi jamoa bilan xayrlashdi.  

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, Tolipov ham Solomin singari “Oq-Tepa” uchun o'ynab kelmoqda.  

Ma'lumot uchun, Toshkent shahar ikkinchi liga ishtirokchisi “Oq-Tepa” klubini o'z vaqtining mohir himoyachisi Yaroslav Krushelnickiy boshqarmoqda.




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia