Bilasizmi? Ronaldu kuniga besh mahal uxlaydi

Оқил Абдубарноев
25 apr 2024
Portugaliyalik futbolchining muvaffaqiyati uning kundalik rejimga rioya qilishi bilan ham bog'liq.

"Al Nassr" klubining portugalilik forvardi Krishtianu Ronaldu 39 yoshga to'lganiga qaramay, joriy mavsum 43 o'yinda 42 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

U aql bovar qilmaydigan jismoniy holatda va qirq yoshida ham futbol o'ynashni davom ettirishga tayyor.

Ronaldu ovqatlanish va mashg'ulotlarga juda ehtiyotkorlik bilan yondashadi, ammo dam olishga katta e'tibor beradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Krishtianu kuniga besh-olti mahal qisqa muddat (bir-bir yarim soat) uxlaydi, kechki ovqatdan keyin do'stlari bilan birga vaqt o'tkazadi va soat 22:00 da suzish mashg'ulotlarida qatnashadi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Record