Bilasizmi? O'zbekiston MTJ oxirgi 7ta o'yinda faqat bitta gol urdi

Xayrulla Xoliqov
8 iyun 2018
Bugun erta tongda O'zbekiston terma jamoasi o'zining navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi. Jahon chempionati ishtirokchisi Urugvay terma jamoasi bilan kechgan bahsda vakillarimiz 0:3 hisobida mag'lub bo'lishdi.

Shu tariqa O'zbekiston terma jamoasi ketma-ket uchinchi o'yinda gol urmasdan mag'lubiyatga uchradi. Umuman olganda biz oxirgi etti o'yinda faqat bitta to'p kirita oldik, xolos. Shunda ham Senegalga qarshi kechgan 1:1 hisobidagi nazorat bellashuvida. O'shanda Otabek Shukurov penaltidan gol urgandi.

O'zbekiston terma jamoasining oxirgi ettita uchrashuvi

Xitoy - O'zbekiston 1:0 (JCH saralash)
O'zbekiston - Janubiy Koreya 0:0 (JCH saralash)
BAA - O'zbekiston 1:0 (O'rtoqlik o'yini)
Senegal - O'zbekiston 1:1 (O'rtoqlik o'yini)
Marokash - O'zbekiston 2:0 (O'rtoqlik o'yini)
Eron - O'zbekiston 1:0 (O'rtoqlik o'yini)
Urugvay - O'zbekiston 3:0 (O'rtoqlik o'yini)


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia