Bilasizmi? O'zbekiston MTJ bu ishni ikkinchi bor amalga oshirdi

Narzulla Saydullayev
31 yanv 2024, 15:29
Kecha O'zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogi nimchorak finalida Tailandni 2:1 hisobida taslim qildi va keyingi bosqichga chiqdi.

Shu tariqa terma jamoa o'z tarixida ikkinchi bor Osiyo kubogi pley-off bosqichida g'alabaga erishdi. Bundan oldingi yagona g'alaba 2011 yil chorak finalda Iordaniya ustidan qo'lga kiritilgandi - 2:1.

2004 yil, chorak final
O'zbekiston - Bahrayn 2:2 (penaltilar seriyasi 3:4)

2007 yil, chorak final
O'zbekiston - Saudiya Arabistoni 1:2

2011 yil, chorak final
O'zbekiston - Iordaniya 2:1
yarim final
O'zbekiston - Avstraliya 0:6
3-o'rin uchun bahs
O'zbekiston - Koreya Respublikasi 2:3

2015 yil, chorak final
O'zbekiston - Koreya Respublikasi 0:2

2019 yil, nimchorak final
O'zbekiston - Avstraliya 0:0 (penaltilar seriyasi 2:4)

2023 yil, nimchorak final
O'zbekiston - Tailand 2:1


Pley-off bosqichida O'zbekiston hozirgacha 8ta o'yin o'tkazdi: 2ta g'alaba, 2ta durang va 4ta mag'lubiyat qayd etildi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi chorak finalda musobaqa mezboni Qatarga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs 3 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:30da boshlanadi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia