Bilasizmi? Odil Ahmedov o'z vaqtida katta pullar evaziga ham "Bunyodkor"ga o'tishni xohlamagan

Alisher
19 may 2024, 13:20
Bilasizmi, Odil Ahmedov "Paxtakor"da aytarli ko'p o'ynamagan bo'lsa ham uning 25-raqami nega muzlatib qo'yilgan?

Adashmasam, 2009 yil Skolari Osiyo Chempionlar ligasini yutish uchun "Bunyodkor" rahbariyatidan Odil Ahmedov, Anzur Ismoilov va Ignatiy Nesterovlarni sotib olishni so'raydi.

Shunda "Bunyodkor" rahbariyati yuqoridagi futbolchilarni sotib olishga kirishishadi va kelishuvga ham erishishadi. 

Futbolchilarning transferi deyarli hal bo'lganda Odil Ahmedov "Paxtakor" rahbariyati oldiga kirib ulardan uni transfer qilmasliklarini so'raydi. O'zi "Paxtakor"da qolishni xohlayotganini, O'zbekistonda faqat shu yerda o'ynashini aytadi. Rahbariyat uning iltimosini inobatga oladi va Odil "Paxtakor"da qoladi.

Bu o'sha vaqt ko'rsatilgan juda katta sadoqat edi. Sababi o'shanda Odil Ahmedovning o'ziga misli ko'rilmagan pullar taklif qilingan edi.

Taqdiriga o'sha pullar yozilgan ekan, baribir o'sha pullarni boshqa davlatlardan ishlab topdi.

O'sha vaqtdagi derbini ko'rganlar biladi, unaqa derbi Osiyoda yo'q edi) 


Futbol haqida

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia