Beyl yana jarohatlandimi?

Eldor Akmurzayev
15 iyun 2020, 20:25
La Liga restarti doirasida “Eybar”ga (3:1) qarshi o'tgan bellashuvda "Real" a'zosi Garet Beyl zaxiradan o'yinga qo'shilgandi.

U maydonda 29 daqiqa davomida harakat qildi. Marca manbasiga ko'ra, uelslik vingerning oyoq mushaklarida muammolar paydo bo'lgan. Shu tufayli u bugun yakka tartibda sport zalida tayyorgarlik ko'rgan. 

Eslatib o'tamiz, “Eybar”ga qarshi bahs Beyl uchun madridliklar libosidagi yubiley 250-o'yinga aylangandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca