Beyl yana bir bor o'yin tugamasidan stadiondan kyetib qoldi

Mirjalol Normatov
7 dek 2019, 20:10
"Real" vingeri Garet Beyl o'yinning yakunlanishini kutmasdan stadionni tark etdi.

LaLiganing 19-turida "Real" o'z maydonida "Espanol"ni mag'lub etdi va turnir jadvali yetakchiligini o'z qo'liga oldi. 30 yoshli xavbek Garet Beyl esa 80-daqiqada Karim Benzemaning golidan keyin stadionni tark etdi.

Bunga qadar ham uelslik futbolchi shu ishni qilgandi. 31 oktyabr kuni "Leganes"ga qarshi o'yinning 82-daqiqasida u stadiondan kyetib qolgandi.

Ammo klubning ichki qoidalariga ko'ra, futbolchilar o'yinni 80-daqiqagacha ko'rishga majbur. O'tgan safar Beyl hech qanday jazoga tortilmagandi.

Eslatib o'tamiz, Beyl jarohati bois safdan chiqqan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal