Beyl "Real"dagi eng yaxshi natijasini qayd etdi

Mirjalol Normatov
13 may 2018, 12:56
"Real" vingeri Garet Beyl "Selta"ga (6:0) qarshi uchrashuvda dubl qayd etdi.

Uelslik futbolchi ushbu bahsda o'z hisobiga dubl yozib qo'yishga erishdi. Shu orqali u bir mavsumda to'rtinchi bora dubl qayd etishga erishdi. Bu esa uning 2013 yildan keyin "Real"ga kelganidan keyingi eng yaxshi natijasi bo'ldi.

Beyl bundan oldin "Las-Palmas" (3:0), "Deportivo" (7:1) va "Selta"ga (2:2) qarshi o'yinlarda dublga erishgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA