"Real" vingeri Garet Beyl bugundan e'tiboran jamoa mashg'ulotlariga qo'shildi.
Uelslik futbolchi kecha "Real"ning "Vilyarreal"ga qarshi o'yinini jarohati tufayli o'tkazib yuborgandi. Futbolchi jarohatidan forig' bo'lgan va umumiy guruh bilan mashg'ulotlarni tikladi.