Beyl faoliyatini qaysi klubda yakunlamoqchiligi ma'lum

Eldor Akmurzayev
14 fev 2022, 09:20
“Real” vingeri Garet Beyl Angliyaga qaytish variantini ko'rib chiqmoqda.

32 yoshli futbolchining madridliklar bilan tuzgan shartnomasi yozda o'z nihoyasiga etadi. U joriy mavsum La Ligada 4 o'yinda qatnashib, bitta gol urdi.

Uelslik faoliyatini “Tottenxem”da yakunlamoqchi. U 2007-2013 yillar davomida “shporlar” sharafini himoya qilgan. Shuningdek, o'tgan mavsumni ijara asosida londonliklar safida o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Fichajes