Beyl faoliyatini qachon tugatishini ma'lum qildi

Sherzod Nurmatov
31 mar 2022
"Real Madrid" vingeri Garet Beyl professional futboldagi so'nggi yilini o'tkazmoqda, deb xabar berdi "Evening Standard".

Nashrning yozishicha, uelslik yulduz Qatarda bo'lib o'tgan jahon chempionatidan so'ng faoliyatini yakunlashga qaror qilgan.

32 yoshli futbolchi joriy mavsum yakunida “Real”ni tark etishi va “Kardiff Siti” bilan qisqa muddatli shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Uels terma jamoasi hali jahon chempionatiga chiqmagan. "Ajdarlar" pley-offning final bahsida Shotlandiya – Ukraina juftligi g'olibi bilan o'ynaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Evening Standard