Beyl APLga ko'chib o'tishga rozi bo'ldi

Mirjalol Normatov
2 mar 2018
Don Balon nashri xabariga ko'ra, "Real" hujumchisi Garet Beyl o'zining klubdagi holatidan norozi.

Shu boisdan uelslik futbolchi Angliyaga qaytishga rozi bo'lgan. Beyl oldin "Tottenxem" tarkibida o'ynagan. Biroq London jamoasi uni xarid qila olmaydi.
Unga ayni damda "Chelsi" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Manbaga ko'ra, "Real" Beyl orqali "Chelsi"dan Eden Azarni qo'lga kiritishni rejalashtirmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: chelseanews.ru