"Betis"ning 41 yoshli afsonasi jamoada yana bir mavsum qolmoqchi

Mirjalol Normatov
26 apr 2022, 00:52
"Betis" sardori Xaokin jamoa tarkibida yana bir mavsum o'tkazmoqchi.

21 iyul kuni 41 yoshga to'ladigan futbolchi bugun "Betis"ning Ispaniya Kubogini qo'lga kiritgani sababli o'tkazilgan tadbirda shunday dedi:

"Oldindan nima bo'lishini bilmayman. Ammo rejalarimni o'zgartirmoqchi emasman. Yana bir mavsum futbol o'ynash niyatim bor", - dedi futbolchi.

Xoakin 2015 yildan buyon jamoa tarkibida o'ynamoqda. Bunga qadar u 1999-2006 yillarda ham Sevilya klubida o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal