Betis bosh murabbiyi ishdan ketdi

Narzulla Saydullayev
3 dek 2013
Betis bosh murabbiyi Pepe Mel o'z lavozimini tark etdi.
Bunga sabab jamoanin bu mavsumda qayd etayotgan qoniqarsiz natijalari bo'ldi. Klub 15ta turdan so'ng Primerada so'nggi o'rinda bormoqda. Mel bilan birgalikda klubni uning yordamchilari ham tark etishdi.

50 yoshli murabbiy 2010 yildan buyon "Betis"da ishlab kelayotgandi. Shu davr mobaynida murabbiy jamoani ikkinchi diviziondan evrokuboklarga olib chiqa oldi.

Melning iste'fosi bu chempionatdagi ikkinchisi bo'ldi. Oldinroq Osasuna ustozi Xose Luis Mendilibar ham ishdan ketgandi. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru