"Beshiktosh" Teysheyra bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
6 iyul 2021
"Beshiktosh" o'z safida yarim himoyachi Aleks Teysheyrani ko'rmoqchi.

Braziliyalik futbolchiga 2 yillik shartnoma va yillik 2 million evro maosh taklif qilindi.

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda. Shartnomada shuningdek bitimni yana bir yilga uzaytirish mumkinligi borasida band bo'ladi.

Qayd etish kerakki, 1,5 million evrolik bonus ham ko'zda tutilgan, u uchga bo'lib to'lanadi. 

Teysheyra Xitoy chempionatida harakat qilayotgan edi, ammo 2021 yilning yanvaridan klubsiz yuribdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira