“Beshiktosh” hujumchisi faoliyatini Rossiyada davom ettirishi mumkin

9 may 2020, 07:25
Umut Nayir “Zenit” nazariga tushdi.

“Zenit” klubi “Beshiktosh”ning 26 yoshli hujumchisi Umut Nayirni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. Rossiya klubi Nayir transferi yuzasidan tez orada turklar bilan muzokaraga kirishishi kutilmoqda. “Zenit” futbolchi uchun turk klubiga 1 mln evro atrofida mablag' to'lashga tayyor.

Joriy mavsum Umut “Beshiktosh” safida jami 25 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Milliyet