Bernat: "Messini to'xtatib qolishning iloji yo'q"

Aslanov Jasurbek
30 apr 2015
"Bavariya" himoyachisi Xuan Bernat "Barselona"ga qarshi o'yinda raqibning hujum chizig'iga qarshi chiqish juda qiyin bo'lishini ta'kidladi.

"Messi - to'xtatib bo'lmaydigan futbolchi. Ammo har qanday holatga tayyor bo'lishimiz kerak, chunki raqibda Messidan tashqari kuchli futbolchilar etarlicha.  "Barselona"ni mag'lub etish uchun barcha chiziqda ajoyib o'yin ko'rsatish kerak. Kataloniyaliklarning barcha hujumchilari juda yaxshi formada" - deydi Bernat.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi birinchi o'yin 6 may kuni bo'lib o'tadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com