Bernardu Silva mavsum so'ngida "Manchester Siti" rahbariyati bilan uchrashishini xabar qildi

Alisher
5 mar 2022, 11:26
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva jamoadagi kelajagi haqida gapirdi.

"Mavsum so'ngida "Manchester Siti" vakillari bilan uchrashmoqchiman va ikki tomon uchun nima yaxshi bo'lishini hal qilmoqchiman. Biz mavsum o'rtasidamiz va sovrinlarni yutmoqchimiz. Hozir kelajak haqida gapirishning payti emas", - deydi o'yinchi.

27 yoshli futbolchi joriy mavsum "Manchester Siti" tarkibida 35ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 3ta assist qayd etdi.

Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano