Bernardu Silva: "APL - dunyodagi eng kuchli liga. Ispaniya avval shunday edi"

Narzulla Saydullayev
29 dek 2021, 00:39
Futbolchi APLni eng zo'ri deb atadi.

"Manchester Siti" yarimhimoyachisi Bernardu Silva APLni dunyodagi eng kuchli ekanligini ta'kidladi. 

"O'ylashimcha, hozirda APL - dunyodagi eng kuchli liga. Bir necha yil oldin Ispaniya peshqadam edi. 

Menimcha, ingliz klublari dunyodagi eng kuchli jamoalar. Aynan shunday joyda ekanimdan xursandman. Ammo, shaxsiy sabablar ko'proq narsani hal qiladi. Masalan, oilamga yaqinroq bo'lishni xohlayman. Lekin, tan olamanki, dunyodagi eng kuchli chempionatning bir qismi bo'lishni orzu qilardim", -deydi Bernardu Silva.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Daily Mail