Bernardeski "Yuventus"ni tark etadi

Sherzod Nurmatov
20 may 2022, 21:03
"Yuventus" hujumkor yarim himoyachisi Federiko Bernardeski yozgi transferlar vaqtida jamoadan ketadi, deya xabar berdi jurnalist Janluka Di Marcio.

Manbaning xabariga ko'ra, Turin klubi rahbariyati futbolchi bilan kelasi yozda tugaydigan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qilgan. Shu tariqa, yarim himoyachi erkin agentga aylanadi va boshqa klubga tekinga o'tishi mumkin bo'ladi.

28 yoshli Bernardeski joriy mavsumda "Yuventus" safida barcha turnirlarda 35 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/dimarzio