Berluskoni Ibragimovichga tavsiya berdi

Mirjalol Normatov
18 fev 2021, 22:29
"Monca" futbol klubi egasi Silvio Berluskoni "Milan" forvardi Zlatan Ibragimovichga maslahat berdi.

"Ibragimovich o'zining yorqin faoliyatini yakunlashi kerak deb hisoblayman va unga tavsiyam bu ishni "Milan"da amalga oshirsin", - dedi Berluskoni.

39 yoshli shvetsiyalik futbolchi ushbu mavsumda "Milan" tarkibida 18 o'yinda qatnashib, 16 gol va 2 assist qayd etdi.

Uning klub bilan shartnomasi yaqinlashib kelayotgan yozda yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia