Berluskoni: "Balotelli, Mekses, Aleks va Boateng "Milan"ni tark etadi"

Aslanov Jasurbek
26 may 2016, 13:45
"Milan" prezidenti Silvio Berluskoni rossonerlar yozda kim bilan xayrlashishini e'lon qildi.

"Balotelli? Yozda ko'pchilik "Milan"ni tark etadi. Mario - ularning orasida.

Shu bilan birga Aleks, Filipp Mekses va Kevin-Prins Boateng va bazi boshqa futbolchilar jamoadan ketadi. Kimlardadir shartnoma yakunlanyapti, qolganlarni transferga qo'yamiz" - deydi Berluskoni.

Oldinroq "Milan" "Liverpul"dan Balotelli transfer huquqini sotib olmasligi ma'lum qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Telelombardi