Berbatov Lukakuga “Manchester Yunayted”da qolishni maslahat berdi

20 iyul 2019, 09:14
MYU sobiq hujumchisi Romeluga murojaat qilgan.

“Men Romeluga MYUda qolishni maslahat bergan bo'lardim. Bu hujumchi menga yoqadi. Uni ko'p holatda nohaq tanqid qilishdi. U rivojlantirishi kerak bo'lgan narsalar bor, ammo futbolda mukammal o'yinchining o'zi yo'q. Jamoadoshlari Romeluga yordam berishlari kerak, ayniqsa, assistentlar. Sulsher? U ajoyib menejer hamda qoyilmaqom sobiq hujumchi. U aynan Romeluga kerak murabbiy”,-deydi Berbatov.

Ma'lumot uchun, Lukaku uchun “Inter” asosiy da'vogar bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports