Berbatov: "Koutino MYUga kerak emas"

Mirjalol Normatov
29 may 2020
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Dimitar Berbatov "Barselona" hujumchisi Filippe Koutinoning mankunianliklar tarkibiga o'tishiga qarshilik qilmoqda.

"Barcha muxlislar uning "Barsa"da o'zini ko'rsatishiga ishongandi, ammo unday bo'lmadi. Bazida oldinga harakatlanish uchun ortga qadam tashlash kerak bo'ladi. Uning boshqa jamoaga o'tishi aniq bo'lgan, unga murabbiy ishonchi kerak, barchasi Filippening atrofida qurilishi va unga erkinlik taqdim qilinib, o'ziga topshirish kerak.

Ayrimlar uning "Yunayted"ga o'tishi mumkinligini aytishyapti. Koutinoning "Liverpul"da o'ynagani MYUga o'tmasligiga dalolat beradi, umuman olganda Koutino "Manchester Yunayted"ga kerak emas.

Brunu Fernandesh unga juda ham o'xshaydi. U rostdan ham ko'p narsalarni vada qila oladigan futbolchi, shu boisdan endi Koutino bilan shartnoma imzolashdan mano yo'q.

Pogba qaytmoqda, Fernandesh shu erda, MakTomini ham yaxshi futbolchi. Tarkibda ijrochilar ko'p. Koutino esa bu erda ortiqcha", - dedi Berbatov.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal