Berardiga "Lester" va "Milan" qiziqmoqda

Alisher
10 sen 2021
"Sassuolo" vingeri Domeniko Berardi jamoasidan ketmoqchi bo'ldi, ammo uning transferi amalga oshmadi.

"Atalanta" bilan birgalikda Berardi uchun kurashga "Lester" va "Milan" qo'shildi.

Ikki klub ham ehtimoliy transfer imkoniyatlarini o'rganishdi. "Sassuolo" o'z yetakchisi uchun 35 million evrodan kam so'ramayapti.

Futbolchi o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 30ta o'yinda maydonga tushib, 17ta gol va 8ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/86_longo