Benzema umumiy guruh mashg'ulotlariga qo'shildi

27 yanv 2015, 23:54
Real hujumchisi Karim Benzema bugun jamoa bilan birga shug'ullandi.

Fransiyalik futbolchi kichik jarohati tufayli jamoasining avvalgi mashg'ulotlarida qatnasha olmagan edi. Bugundan e'tiboran Karim Benzema safga qaytdi va jamoadoshlari bilan birgalikda mashg'ulotlarda qatnashdi.

Shuningdek, Pepe va Luka Modrich esa yakka tartibda mashg'ulotlarni o'tkazishdi.


Manba: sports.ru