Benzema: "Umid qilamanki, Grizmann yanada kuchayadi"

"Real" hamda Fransiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema Antuan Grizmannning o'yini borasida gapirib o'tdi.
"Grizmann ajoyib mavsumni o'tkazmoqda. Antuan Ispaniya chempionatida, Yevropa chempionlar ligasida va terma jamoa safida ham juda yaxshi o'yin olib bormoqda. Umid qilamanki, u yanada kuchayadi. Men u bilan juda ko'p suhbatda bo'laman. Antuan juda mehnatkash bola. Har doim yuqoriga intilishga harakat qiladi", - deydi Benzema o'zining terma jamoadagi jamoadoshi Grizmann haqida.

Manba: soccer.ru