

"Qaymoqranglilar" rasmiy sayti kechagi mashg'ulotdan so'ng fransiyalik futbolchida charchoq alomatlari sezilayotgani haqida xabar berdi. Uning tiklanish vaqti hali noma'lum.
34 yoshli Benzema mushaklardagi muammolar tufayli sentyabr oyining katta qismini o'tkazib yubordi. Joriy mavsumda uning hisobida atigi 10 ta o'yin va 5 ta gol bor.
"Real" – "Sevilya" uchrashuvi bugun "Santyago Bernabeu"da Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.



