Benzema “Real” safida yubiley golini urdi. U klub tarixidagi to'purarlar ro'yxatida 4-o'rinda bormoqda

Eldor Akmurzayev
9 yanv 2022, 08:25
La Liga 20-turida “Real” o'z maydonida “Valensiya”ni yirik hisobda taslim etdi.

Mazkur bahsda dublga erishgan Karim Benzema “qaymoqranglilar” safidagi 300 va 301-gollarini urishga erishdi. U klub tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida 4-o'rinni egallab turibdi.

Francuz hujumchisidan oldinda esa  Krishtianu Ronaldu (450), Raul (323) va Alfredo Di Stefano (308) bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Squawka