Benzema Qatardagi jahon chempionatining favoritini aytdi

Оқил Абдубарноев
31 yanv 2022, 00:02
Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema 2022 yilgi mundialda jamoasining imkoniyatini baholadi.

Forvard Fransiyaning Qatardagi navbatdagi jahon chempionatidagi  imkoniyatlari haqida gapirdi.

Hujumchining so'zlariga ko'ra, Dide Desham shogirdlarida navbatdagi mundialda g'olib chiqish uchun hamma imkoniyatlar mavjud. "Terma jamoaga qaytganimdan xursandman. Jahon chempionatiga kelsak, barcha bizni favorit sifatida qabul qilishi kerak, bu narsa muhokama qilinmaydi. Maydonda biz eng yaxshilarning eng yaxshisi bo'la olishimizni isbotlaymiz. Albatta, har bir uchrashuv qiyin ruhda o'tadi va har doim ham eng kuchli jamoa g'alaba qozonavermaydi, lekin hozirgi tarkibimiz bilan zafar quchishimizga ishonaman", - dedi Benzema.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Telefoot