"Real" hujumchisi Karim Benzema noma'lum muddatga safdan chiqdi.
"Real" matbuot xizmati xabariga ko'ra, "Betis"ga qarshi o'yindagi tanaffusi vaqtida 31 yoshli futbolchining o'ng qo'li jimjilog'i singani ma'lum bo'lgan.
Bu mavsumda Karim Primeroning 19 o'yinida qatnashib, 7 gol urdi va 3 golga assistentlik qildi.