Benzema Karlosni ortda qoldirib, “Real” rekordchisiga aylandi

Eldor Akmurzayev
7 mar 2021, 22:33
Ispaniya chempionati 26-turidan o'rin olgan “Atletiko” – “Real” (1:1) bahsida durang qayd etildi.

Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan francuz hujumchisi Karim Benzema madridliklar libosida La Ligadagi 371 o'yinini o'tkazdi. U braziliyalik Roberto Karlosni ortda qoldirgan holda “Real” safida chempionatda eng ko'p uchrashuv o'tkazgan legionerga aylandi. Karlos hisobida 370 ta o'yin bor edi.

Qayd etish joiz, Benzema bugun o'z goli bilan jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta