Benzema JCHda o'ynashi mumkin

Sherzod Nurmatov
29 noya 2022, 11:56
Fransiya terma jamoasining jarohat olgan asosiy hujumchisi Karim Benzema mundialning nimchorak final bosqichida safga qaytish ehtimoli bor.

"Real" hujumchisi Benzema Fransiya uchun Qatarda bo'lib o'tayotgan Jahon chempionati maydonga qaytishga yaqin turibdi. U deyarli tuzalib ketganga o'xshaydi, deyiladi manbaning xabarida. 

Futbolchining jarohatdan tuzalish jarayoni ancha tez o'tmoqda. Madrid klubi futbolchining 1 dekabrda tarkibning boshqa a'zolari bilan birga mashg'ulotlarda qatnashishini inkor etmadi. U Madridda o'ynay olsa, Fransiya uchun ham maydonga tushishi mumkin. 

Benzema ayni paytda Qatarda bo'lmasa-da, ro'yxatga olingan 26 nafar futbolchilarning ichida bo'lgani uchun Dide Desham guruh bosqichidan keyingi o'yinlarga uni chaqirib olishi mumkin. Agar u qaytmasa va Fransiya ketma-ket ikkinchi marta Jahon chempioni unvonini qo'lga kiritsa, Karim Benzemaga ham medal beriladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport