Benzema Fransiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Оқил Абдубарноев
19 dek 2022, 19:51
Karim Benzema Fransiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi.

“Bugungi darajaga yetishish uchun qo'limdan kelganini qildim, bu yo'lda bazi xatolarga yo'l qo'ydim. Shunday bo'lsa-da, erishganlarimdan faxrlanaman! Men o'z hikoyamni yozdim va bu hikoya yakuniga etdi", - deb yozdi futbolchi.

Benzema Fransiya terma jamoasi safida 97 ta o'yinda maydonga tushib, 37 ta gol urgan. Hujumchi terma jamoa tarkibida 2022 yilgi jahon chempionatining kumush medali sohibi va 2021 yilgi Millatlar ligasi g'olibiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: instagram.com/karimbenzema